Tatil.uz Brand
+99871 200 55 44
Ру

10-07-2016 01:23

Husniddin Ato: Latviya va Norvegiyaga sayohat

5390

0

Husniddin Ato: "Yana bir kichik sayohat start oldi. Bu sayohat ham qiziqarli voqealarga boy bo'lishi tabiiy. Safar ta'surotlarini blogda kuzatib borishingiz mumkin".

03.07.2016, Latviya, Riga.

Toshkentdagi qaynoqqina havodan keyin yomg'irli Riga havosi biram yoqdiki, asti qo'yaverasiz.


Barcha charchoqlar endi sezilyapti shekilli, Hosteldan faqat kechga yaqin chiqdim.

Kayfiyati yaxshi...


 Latviya, Riga.

Aytagancha, Rigaga yo'li tushib qoladiganlarga ushbu Seagulls Garret Hostelni tavsiya qilaman. Ha bu taklifni Ko'ln, Parij, Santiago De-Compostela Hostellarida yashab ko'rgan shaxs sifatidan qabul qiling.

Safarimiz davom etadi. 

05.07.2016 - Bergen, Norway 

Husniddin Ato
Avvaliga Rigadan Kopengagenga va keyin Bergenga uchadigan bo'ldim. Ro'yhatga olish ustunida aviakompaniya xodimi 107 Euroga ekonom klasni biznes klasga almashtirishni taklif qildi. Man kerakli javobni berdim. Samolyotga chiqqach ko'rdimki "biznes klass" ekonomdan faqat u bu narsa yeyishi va bort kuzatuvchisining mulozamati bilan farq qilarkan. Qolgani ekonomni o'zi. Uni ustiga kichikroq samolyot ekan, toki qo'ngunimizcha samolyot parraklari rosa quloqni qomatga keltirdi.

Kopengagen, bir paytlar Daniya visa bermasdan rosa xunob qilgandi, ko'rishga ko'zim uchuib turmagan edi o'zi, lekin baribir nasib qilgan ekan, aeroportiga bo'lsada qadamim tegi. Uzr, baribir hali beri koærgan davlatlarim safiga qo'sholmayman. Uning uchun alohida taklif qilinishim kerak hali.

Va nihoyat Bergen (Norwagiya) ga ham qadam yetdi.

Bergen juda chiroyli va turistik shahar ekan. UNESCO ro'yhatiga kiritilgan manabu rangbarang binochalar eng ahamiyatli joylaridan ekan, yana baliqchilik va dengiz jonivorlarining turfa xili ham shu yerda bo'larkan.

Keyin Bergenning eng baland tepaliklaridan biriga chiqadik.

Butun shahr kaftdek koærinadi.

Aynan shu joyda biz tashkillashtiradigan Mumtoz Musiqa Oqshomiga o'xshagan musiqa kechalar tashkillashtirlar ekan. Juda yaxshi o'tdi. Norwegiyaning ilki kunida, ham havosidan, nam taomidan, ham tarixiy ahamiyatga ega joylarini ko'rish bilan birga haqiqiy Norweg musiqasidan bahramang bo'lish ayni muddao bo'ldi.

Fordedan Osloga uchadigan reysimiz 1 soatga kechiktirildi. Mana shu jajji samalyotda ucharkamiz. Umid qilamanki Rigaga ichadigan reysimga ulguraman. Aks holda...

06.07.2016 - Bergen - Forde, Norway - Tongda Bergendan Forde tomonga yo\ga chiqdiq. Norvegiyaning bu qismida asosiy yo'l suv yo'li ekan. Asosiy trnsport ham tezyurar kemalar ekan.

Keyin qadimdan tegirmon toshlari tayyorlanadigan hududga bordik. Ushbu hudud o'z davrida deyarli butun Skandinaviyaga kichik tegirmon toshlarini yetishrib bergan ekan.

Shu yerda bug'doydan qadimiy usulda tayyorlangan taom tatib ko'rdik. Toshlarning tegirmon toshi va boshq ashyolar tayyorlash mumkin bo'lgan turlari bilan tanishdik, qadimiy usulda toshga ishlov berdik, yana o'sha usulda non tayyorladik.

Navbatdagi tashrifimmiz esa Red Cross Nordic qo'llab quvvatlovidagi maktabga bo'ldi. Ushbu maktab qochqin bolalarga, urush va nizolar tufayli nogiron bo'lib qolgan yoshlarga va yana bir qancha toyif bolalarga jamiyat o'z o'rnini topishga yordam berar ekan.

O'ziga xos, noan'anaviy Opera house esa shu kunning eng yuqori nuqtasi bo'ldi. Bu haqda navbatdagi madaniyat menejmenti treyninglarimizda alohida to'xtalib o'taman.

Va kun so'nggida o'zimizga tegishli xo'rjinlarni olib ichidagilar bilan tanishdik.

Tekst va foto: Husniddin Ato

Автор статьи: Азимыч

ПОДПИСЫВАЙТЕСЬ НА НАШ КАНАЛ В TELEGRAM

Комментарии

ТУРЫ ПО ТЕМЕ

КОНТАКТЫ

Наш адрес:

100031, Узбекистан, город Ташкент
Яккасарайский район,
улица Юсуфа Хос Ходжиба, 69.

Тел: (+998 71) 200 55 44

E-mail: info@tatil.uz

Top